02/06/2023

Joriy yilning 2- iyun kuni Statistika agentligi Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig'ining o'rinbosari A. Sattorov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, Farg‘ona shahar  statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Numonovalar tomonidan Farg‘ona shahar shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlari o‘rganildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug’ulanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining  ko’rsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlari registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritilishi nazoratga olindi.