Joriy yilning 2- iyun kuni Statistika agentligi Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig'ining o'rinbosari A. Sattorov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev hamda kuzatuvga mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan Marg‘ilon shahar shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlari o‘rganildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug’ulanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining ko’rsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlari registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritilishi nazoratga olindi hamda kuzatuv bo‘yicha tavsiyalar berildi.