07/06/2023

Joriy yilning  6-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov hamda mazkur bo‘limning I-toifali mutaxassisi G‘. Mamajonovlar Bag‘dod tumaniga qarashli “Bag‘dod” mahalla fuqarolar yig‘inida  bo‘lib, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, ya’ni raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudli hamda mahalla mavjud noturara obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirildi.