07/06/2023

Joriy yilning 6-iyun kuni Oltiariq tumani statistika bo‘limi tomonidan tumandagi “Buxgalteriya markazi” xodimlari ishtirokida Oltiariq tumani fermer xo‘jaliklari tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan 4-fx (choraklik) davlat statistika hisobotini tayyorlash yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi E.Normatov so‘z olib,  mazkur hisobotni tayyorlashda qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlari, asosiy ekinlar, yigʻib olingan maydon, yigʻib olingan yalpi hosil, bogʻlar, rezavorlar va tokzorlar, yopiq yerlar, kuzgi ekinlar, chorva mollari va parrandalar bosh soni, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish kabi ma’lumotlarni haqqoniy va shaffof holatda tayyorlash bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Seminar so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.