07/06/2023

Joriy yilning 7- iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi I-toifali mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan Uchko‘prik tumani “Yakkamulla” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinganligi hamda raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla aholisi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.