07/06/2023

Kuni kecha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi D. Ortiqov tomonidan Farg‘ona shahar, “Navro‘z” MFYda yashovchi fuqaro Ali O‘li Mamut Hayrullayevich bilan suhbatlashib, uy xo‘jaligi olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalari, sovg‘alar, xayriyalar va boshqa ma’lumotlar, iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, uy joy kommunal xizmatlari, moddiy-ijtimoiy holatini baholash va uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlarni shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.