08/06/2023

Viloyatimiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida,viloyat statistika boshqarmasi tomonidan uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkazilmoqda Mana shunday kuzatuv  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva tomonidan Oltiariq tumani, “Olmazor” MFY, “Iqbol” ko‘chasi, 67-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Yusupovlar oilasi xonadonida amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi va boshqa shu haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.