Respublikamiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Mana shunday kuzatuv Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov tomonidan Rishton tumani “Bo‘ston” MFYda istiqomat qiluvchi I. Mullayevlar oilasi xonadonida amalga oshirildi.
Kuzatuv jarayonida mazkur uy xo‘jaliklari olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalar, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar hamda boshqa ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.