Mamalakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 8-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi 1-toifali mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan Dang‘ara tumaniga qarashli “Sanam” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudli hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.