Joriy yilning 8 -iyun kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Xolbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Qo‘qon shahar, “Navbahor” MFYda istiqomat qiluvchi B.G‘ofurovlar xonadonida bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.