2023- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 165 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-may oylarida bu sohada 58 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
⬇️Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
• Farg‘ona shahri – 12 ta
• Qo‘shtepa tumani – 8 ta
• Qo‘qon shahri – 7 ta
• Dang‘ara tumani – 4 ta