12/06/2023

2023-yilning 1- iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 42 085 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 8 477 tani tashkil qildi (ulushi 20,1 %).

👇Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Farg‘ona shahri – 1 366 ta
• Marg‘ilon shahri – 725 ta
• Buvayda tumani – 572 ta
• Bag‘dod tumani – 560 ta
• Farg‘ona tumani – 523 ta

👇Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
• savdo sohasida – 3 555 ta
• sanoat sohasida – 1 708 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 669 ta
• qurilish sohasida – 543 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 345 ta