12/06/2023

2023- yil 1- iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan 36,1 mingta tijorat korxona va tashkilotlarining 22,0 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamiyatlar viloyatimizda tadbirkorlik faoliyatining eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi.

🏢Sohalar kesimida o‘sish sur’atlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori ko‘rsatkich sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda – 107,7 foiz, savdoda – 96,8 foiz, tashish va saqlashda – 92,7 foiz, axborot va aloqada – 88,6 foizni tashkil etdi.