Joriy yilning 12-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Abdullayevalar tomonidan Marg‘ilon shahrida joylashgan dislokatsion nuqtalarga chiqib, «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Tadbir jarayonida narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.
13/06/2023