14/06/2023

Joriy yilning 14 -iyun kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Xolbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan O‘zbekiston tumani, “O‘qchi dasht” MFYda istiqomat qiluvchi  O.Umarovlar xonadonida bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.