14/06/2023

Joriy yilning 14 -iyun kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi M.To‘xtamatov tomonidan Beshariq tumani, “Yuqori tovul” MFYda istiqomat qiluvchi Sh.G‘ofurjonovlar xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich va boshqa shu haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.