15/06/2023

Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida joylarda uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Mana shunday kuzatuv Yozyovon tumanida ham o‘tkazildi. Joriy yilning 15-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev, “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Qodirovalar tomonidan Yozyovon tumani, “Markaziy Farg‘ona” MFY, “ Oydin yo‘l” ko‘chasi, 107-uyda istiqomat qiluvchi N. Abdusalomovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Intervyuyer tomonidan berilgan savollarga olingan ma’lumotlar joyida, shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi.