Joriy yilning 15-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov hamda Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmirzayevlar ishtirokida Yozyovon tumani dehqon bozorida 5-narx o‘rtacha xaftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi.