Joriy yilning 16-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh. Mamadaliyev, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Nabiyevlarlar tomonidan Oltiariq tumanida «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi. Kuzatuvlar davom etmoqda.