20/06/2023

 Joriy yilning 20-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva tomonidan  Oltiariq tumani “Farovon” MFY, “Oqmasjid” ko‘chasi 61- uyida istiqomat qiluvchi M. Xasanovlar oilasi xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida mazkur uy xo‘jaliklari olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalar, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar hamda boshqa  ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.