20/06/2023

Joriy yilning 20-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘I M.Turgunova,mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi N.Mahmudova hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Mo‘sayevlar ishtirokida Oltiariq tumanida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.