21/06/2023

 Joriy yilning 21-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi O.Xolbekov tomonidan  O‘ zbekiston tumani “Dahanaqaqir” MFYda istiqomat qiluvchi H.ubaydullayevlar oilasi xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida mazkur uy xo‘jaliklari olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalar, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar hamda boshqa  ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.