Joriy yilning 21- yun kuni Quva tumanida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘I V.Mirzayev hamda mazkur bo‘limning yetakchi mutaxassisi N.Nazirboyevlar ishtirok etdilar. O‘rganish davomida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga qayd etib borildi.