22/06/2023

Joriy yilning 21- iyun kuni Beshariq tumanida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov va Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Xo‘jaqulovlar ishtirok etdi. O‘rganishlar davomida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.