Joriy yilning 21-iyun kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopov ishtirokida Farg‘ona shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.