22/06/2023

Joriy yilning 22-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mahmudova hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umrzaqovalar ishtirokida Marg‘ilon shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi.  Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.