22/06/2023

Joriy yilning 22-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh.Mamadaliyev hamda Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi mutaxassislari ishtirokida tumanda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4 savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari jadval asosida o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi.  Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.