23/06/2023

Joriy yilning 22-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Bag‘dod tumani hokimligi binosida tuman mahalla raislari, hokim yordamchilari, buxgalteriya Markazi hisobchilari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda so‘zga chiqqanlar 4-dx shakli choraklik  “Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot” ida mavjud satrlarni toʻgʻri, shaffof va haqonniy hamda elektron raqamli imzodan foydalanib, “e-Stat-4” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kiritish yuzasidan  clayd yordamida tushuncha berildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “Qishloq xojaligi sohasida malumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-104 qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish haqida ham to‘xtalib o‘tildi.