23/06/2023

Joriy yilning 22-iyun kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Mahammadjonova ishtirokida Farg‘ona tumanida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.