26/06/2023

Joriy yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Murodov ishtirokida O‘zbekiston tumanida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi.  Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.