26/06/2023

Joriy yilning 26- iyun kuni Dang‘ara tumanida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov va Dang‘ara tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi O.Tulayevlar ishtirok etdi. O‘rganishlar davomida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.