03/07/2023

2023-yil yanvar-may oylari holatiga Qo‘shtepa tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 81 tani tashkil etib, ular tomonidan 130,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 📊O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,0 %ni tashkil etdi.

⬇️Shundan:
🏗Yirik qurilish tashkilotlari – 1,3 mlrd. so‘mni
🏗Kichik va mikrofirmalar – 85,2 mlrd. so‘mni
🏗Norasmiy sektor – 44,0 mlrd. so‘mni

⬇️Bundan tashqari:
🏗Umumiy hajmdan yangi qurilish, rekonstruksiya va qayta qurollantirish – 91,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.