04/07/2023

2023-yil yanvar-may oylari holatiga Buvayda tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 95 tani tashkil etib, ular tomonidan 154,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 📊O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,6 %ni tashkil etdi.

⬇️Shundan:
🏗Yirik qurilish tashkilotlari – 0,5 mlrd. so‘mni
🏗Kichik va mikrofirmalar – 108,1 mlrd. so‘mni
🏗Norasmiy sektor – 46,2 mlrd. so‘mni

⬇️Bundan tashqari:
🏗Umumiy hajmdan yangi qurilish, rekonstruksiya va qayta qurollantirish – 98,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.