05/07/2023

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 10 988,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 % ga o‘sdi. YaHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur'atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,7 % ni, sanoatda 101,4 % ni, qurilishda 104,5 % ni va xizmatlar sohasida 103,7 % ni tashkil etdi.