07/07/2023

2023-yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 11,7 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 10,4 % ga o‘sgan va ishlab chiqarish hajmi 1263,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 10,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 109,4 % ni tashkil etgan.