Farg‘ona viloyati bo‘yicha 2023-yilning yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 32,7 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 16,4 % ga kamaygan bo‘lsa, ishlab hiqarish hajmi 3 541,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2022-yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 37,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 117,6 % ni tashkil etgan.