13/07/2023

O‘zbekiston Rwspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26- fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-qarori qabul qilinib, unda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, uning turmush darajasi va farovonligini oshirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ro‘yxatdan o‘tkazishda mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasining haqiqiy holati baholanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish qishloq xo‘jaligi faoliyatining qishloq xo‘jaligi obyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari, mehnat resurslari va ularning demografik tavsiflari, yer resurslari va ulardan foydalanish holati, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni, ko‘p yillik daraxtzorlar va tokzorlar maydoni, issiqxonalar maydoni, mineral va organik o‘g‘itlar solish miqdori, chorva mollari va parrandalar bosh soni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish hajmi, qishloq xo‘jaligi texnikalari, mashina va uskunalari soni, ishlab chiqarish infratuzilmasi, texnika vositalari va texnologiyalar holati, maxsus omborxonalar va saqlash joylarining soni, sig‘imi va boshqa shu kabi asosiy ko‘rsatkichlarini hisobga olish orqali amalga oshiriladi:

Ro‘yxatdan o‘tkazishda yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulidan foydalangan holda rasmiy statistik ma’lumotlarning shaffofligi, ishonchliligi va aniqligini ta’minlagan holda respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovular hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (klaster va boshqalar), bog‘dorchilik, polizchilik va uzumchilik shirkatlari darajasida tashkil etiladi.

 

 A.Abdurzakov,

“Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i