Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Marg‘ilon shahar, “Xo‘ja porso” MFY, “Sug‘diyona” ko‘chasi 25-uyda istiqomat qiluvchi Ahmedovlar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.