20/07/2023

Viloyatimiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida,viloyat statistika boshqarmasi tomonidan uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkazilmoqda.  Mana shunday kuzatuv joriy yilning 20-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi O.Holbekovlar tomonidan Buvayda tumani “Dotho” MFYda istiqomat qiluvchi Z.Yahyaboyev oilasi xonadonida amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi  va boshqa shu kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.