20/07/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qodirova tomonidan Farg‘ona shahar, “Sharshara” MFY, Terakzor ko‘chasida ishtiqoma qiluvchi fuqaro Sh.Mo‘minovlar xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur kuzatuv jarayonida tanlovga tushgan uy xo‘jaligining uy-joy turi, maydoni, qulayliklarning mavjudligi, uy xo‘jaliklarining uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich, sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobili bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.