21/07/2023

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi Sh. Egamberdiyeva tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Oltiariq tumani, “Tolko‘cha” MFY, “Sakkokiy” ko‘chasi, 18-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro D.Holiqovlar xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Tadbir jarayonida kuzatuvning mohiyatiga to‘xtalib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berdi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.