21/07/2023

2023-yilning yanvar-iyun oylarida 8352,6 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 58,9%i yoki 4918,2 mlrd. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 41,1 % yoki 3434,4 mlrd. so‘m moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi,📊 2022-yildagi ulushiga nibatan 5,1% punktga ko‘paydi, 15,0 %ni yoki 1256,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 7096,6 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 85,0 % o‘zlashtirilib, 📊2022- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 5,1% punktga kamaydi.