24/07/2023

Joriy yilning 24-iyul kuni Buvayda tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Tursunov tomonidan chorva bozorlarida 12-bozor (oylik) chorva va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada Buvayda tumani chorva  bozorining bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan chorva mollari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari chorva va parrandalarning majburiy talablarga javob beradigan sharoitlarga muvofiq saqlanishi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tavsiyalar berildi.