25/07/2023

Joriy yilning 24-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva tomonidan Qo‘shtepa tumani “Qizil ariq” MFY, Rohat ko‘chasi 70-uya istiqomat qiluvchi O.Alibekovlar oilasi xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida mazkur uy xo‘jaliklari olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalar, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar hamda boshqa  ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.