Joriy yilning 24-iyul kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassis R.Abdurazakov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan O‘zbekiston tumani, “Xaydarobod ‘” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Nosirovlar xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Tadbir jarayonida kuzatuvning mohiyatiga to‘xtalib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berdi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.