2023-yil yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha 56,5 mln.AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 16,6 %ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 76,0 %ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari - 55,6 %, paxtadan gazlamalar - 10,4 % va trikotaj mato - 16,4 % asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 139 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 25 ta davlatiga eksport qilindi.