2023–yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 88,9 ming tonna go‘sht ishlab chiqarildi. Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 78,3 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.