26/07/2023

Joriy yil 26-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i  Sh. Mamadaliyev kirish so‘zi bilan boshlab, mazkur qonunning dolzarbligi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 24-may kungi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi  O‘RQ-844-sonli Qonuni mohiyati va mazmuni haqida ma’ruza qildi. Jumladan, ma’ruzachi tomonidan ushbu Qonunning maqsadi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, Qonun fuqarolarning, eng avvalo, yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan, bu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirish uchun tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganligi haqida so‘z yuritildi. Yig‘ilish songida mazkur qonun yuzasidan fikr-muloxazalalar bildirildi.