03/08/2023

Joriy yilning 3-avgust kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Tashbekova tomonidan  Farg‘ona  tumani, “Navro‘z” MFY, Qorovultepa ko‘chasi, 77-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.G‘oziyevlar xonadonida  4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ildi. Olingan ma’lumotlar joyida haqqoniy va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritildi.