03/08/2023

Joriy yilning 3-avgust kuni Rishton tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Karimov tomonidan  Rishton  tumani, “Birlashgan” MFY, Bahora ko‘chasi, 7-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M. Sarimsaqov hamda Rishton  tumani, “Uch ariq” MFY, Navro‘z ko‘chasi, 42-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro D. Jo‘rayevlar xonadonida  4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ildi. Olingan ma’lumotlar joyida haqqoniy va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritildi.